1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» sifati yaxshilandi

Sanoqli kunlardan so‘ng yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu yil o‘quvchilarni o‘tgan yillardagidan farqli “Prezident sovg‘asi” kutmoqda, deb xabar berdi Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.
Joriy yilning 4 sentabr kuni 627 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yadi. Qolaversa, imkoniyati cheklangan 13 ming nafar bola o‘z uyida ta'lim olishni boshlaydi. An'anaga ko‘ra, ularga yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovg‘alari - o‘quv-qurollari topshiriladi.
2019 yili 1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berildi.
1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi”dan 12 turdagi o‘quv qurollari o‘rin olgan.
Jumladan, portfel, 2 xil chiziqdagi 12 dona daftar, qalamdon, rasm daftari, rangli qog‘oz, sharikli ruchka, akvarel bo‘yoqlari, rangli qalamlar jamlanmasi, yelim, oddiy qalamlar va o‘chirg‘ich yangi o‘quv yilining ilk kuni “Prezident sovg‘asi” sifatida 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladi.
“Prezident sovg‘asi” bolajonlar qo‘liga yetib borishi, ularga ko‘p vaqt xizmat qilishi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimiga kiruvchi “O‘quv ta'lim-ta'minot” Davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatilgan.
“O‘quv ta'lim-ta'minot” Davlat unitar korxonasi tomonidan har yili Prezident sovg‘asi sifatida 1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan 12 turdagi o‘quv qurollaridan tashqari, barcha ta'lim muassasalariga darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va badiiy adabiyotlar, shuningdek, ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maktab mebellari, o‘quv laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa tovar-moddiy boyliklari Xalq ta'limi vazirligi taqsimotlariga asosan yetkazib berilmoqda.

Manba:kun.uz

Comments 4

Offline
syspneti1982
syspneti1982 7 сентября 2019 21:40
1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» sifati yaxshilandi »
Offline
syspneti1982
syspneti1982 8 сентября 2019 01:16
1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» sifati yaxshilandi »
Offline
Elmertip
Elmertip 24 сентября 2019 13:09
Мы вернём вам деньги за любые покупки в интернете!!! Просто пользуйтесь при покупке нашим проэктом!!! http://backshops.host 13 если и также с самая к брендом впечатляющем самой процессов; "лучшую.
Offline
RonaldNed
RonaldNed 11 октября 2019 07:31
укладка тротуарной плитки расценки ---- Какая хорошая ссылка спасибо ---- первый займ без процентов Спам не пройдет, сказали они. Ага ---- Триколор тв не работает телегид ---- В личном кабинете госулуг можно решить много проблем ---- госуслуги телефон поддержки ---- бесплатная активация windows 7 для всех пользователей активация windows 7 get genuine ---- Погрузчики в лизинг ---- Какой сегодня день ---- аренда вилочного погрузчика ---- Вы просто лучшие ---- Электротележка ---- Батарея для погрузчика ---- Необходимо посмотреть этот сайт ---- вулкан делюкс ---- Осталось только добавить это ---- казино онлайн играть на деньги ---- Далее у нас правовая тема ---- госпошлина за внесение изменений в устав 2019 ---- Мне ничего не ясно ---- купить платье 52 размера ---- Держи руку на пульсе ---- купить биткоины qiwi ---- Ты классно говоришь упяч ---- windows 10 активатор

Fikr bildiring

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив