I YOSHLAR FESTIVALI NAVOIYDA

    27-avgust kuni Navoiy shahrida “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘laylik” shiori ostida ilk marotaba I yoshlar festivali o‘tkazildi.


    Festival davomida 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan “Ma’rifat bog‘i”da ko‘rgazmali chiqishlar, kitob savdosi yarmarkalari, robototexniklar tanlovi hamda ijodiy uchrashuv va mushoiralar tashkil qilindi.

   Sport o‘yingohlarida yoshlar o‘rtasida futbol, basketbol, voleybol, shaxmat, shashka, velosport va yugurish musobaqalari tashkil etilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

    “Yoshlar markazi”da iqtidorli talabalarning “Talabalar teatr studiyalari” namoyishlari hamda “Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon izdoshlari” mavzusida yosh ijodkorlar bilan ijod kechasi, she’rlar tanlovi o‘tkazildi.


     Jumladan, festival doirasida viloyat hokimi Q.Tursunov iqtidorli yoshlar, ta’lim fidoyilari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar, ta’lim sohasida jonbozlik ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyat hokimi so‘zga chiqib, yoshlarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, kitob mutolaasini targ‘ib qilish, axboriy xurujlardan ogoh bo‘lish to‘g‘risida nutq so‘zlab, yoshlarni sergaklikka, intiluvchanlikka undadi.


   

   Tadbir so‘nggida shahar markazida barpo bo‘lgan “Yoshlar xiyoboni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Navoiyliklarni o‘z bag‘riga yig‘gan xiyobon favvoralar raqsi, rang-barang chiroqlar, musiqali chiqishlar bilan insonlar dilini xushnud etdi. Bayrog‘imizni ko‘targan yuzlab yoshlarning musiqa jo‘rligida saf tortib harakatlanishi tinchlik tarannumi, mustaqil kunlar ifodasi sifatida katta-yu kichik qalbidan munosib o‘rin egalladi.

Navoiyda yana bir xiyobonning barpo etilishi, yoshlar festivalining ilk bor viloyatimizda o‘tkazilishi navoiyliklar uchun mustaqilligimizga munosib tuhfa bo‘ldi.



Mahfuza PO‘LATOVA, NY

Comments 1

Offline
Williamcek
Williamcek Вчера, 04:42
Здесь все верно написано про дома жк афродита березовец Сколько спортом не занимайся, бициху не нарастишь без питания жк афродита ход строительства Переходим к следующему шагу - посмотрим жк афродита мытищи березовец Если Кому дверь нужна - вот ммылка жк афродита 2 форум дольщиков корпус 18 На выбор вам вот еще жк афродита мытищи официальный 94 Ну как вам двери? салон красоты афродита мытищи колпакова Здесь можно выбрать квартиру жк афродита квартира Зацените сайт жк афродита 2 отзывы покупателей Мы здесь пишем жк афродита 2 мытищи форум 01 Этим все сказано афродита 2 мытищи официальный сайт альянс вакансии

Fikr bildiring

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив