BRIFING. SIYOSIY PARTIYALAR TANLAGAN YO‘LI XALQQA QANCHALIK YAQIN?

  •     O‘zLiDeP – bitta miting uchun 100 milliondan ortiq mablag‘ sarfladi. Eng hayratlanarlisi uning manbasi partiya a’zolari badallari 😄 va tadbirkor a’zolarning homiyligidagi 🤫 mablag‘lar ekan. Asosiysi, bir so‘m ham budjet mablag‘lari sarflanmabdi. Nima bo‘lganda ham tadbirkorlar o‘z nomiga mos miting qilishibdi. Pulni o‘zlari topishibdi, o‘zlari sarflashibdi. Miting saviyasi ham shunga yarasha keng qamrovli bo‘lganini ham e’tirof etish kerak.
  •     Milliy tiklanish DP – joriy yil bo‘lib o‘tadigan saylovlarga noan’anaviy usullardan foydalanib, shiddat bilan kirib keldi. Hukumat partiyasidan farqli ravishda demokratlar mitinglarni tashkil etishga ketgan xarajatlarni respublika markaziy Kengashi bilan bog‘ladi. Na a’zolik badallari, na homiylar ko‘magidan foydalanilmaganligini, partiyaning viloyat Kengashi 1 so‘m sarf etmaganligini bildirdi. 😉 17-noyabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi mitingda Milliy tiklanish DPdan deputatlikka nomzodi ko‘rsatilgan nomzodlar bilan tanishishimiz mumkin bo‘ladi.
  •      Xalq Demokratik partiyasi – tan olib aytaman, agar haqiqatda ular saylovoldi dasturidagi “Iste’mol savatchasi to‘g‘risida”, “Yashash minimumi to‘g‘risida” va “Minimal davlat ijtimoiy standartlari to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini qabul qilishni va’da qilsa, ularning nomzodiga ovoz berishga tayyorman. 🤔 Aslida bu qonunlar 10-15 yillar oldin qabul qilinishi kerak edi. Lekin XDP bugun bu loyihalarni ilgari so‘ryapdi, qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Faqat va’dalar yana bitta chaqiriqqa kechikishiga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan. 🤬Aytgancha, XDP Navoiy va Zarafshon shahridagi mitinglari uchun 9 million so‘m Partiyaning mablag‘larini sarf etdi.😋
  •      Adolat SDP – saylovoldi dasturi “olamshumul”. Biz uchun tushga aylanib ulgurgan masalalar yechimlarini taklif qilishmoqda.
🗞Sudlarni optimallashtirish;
🗞 Advakatura mustaqilligiga erishish, hozir bizda 4000 kishiga 1 ta advakat to‘g‘ri kelar ekan. “Men dardimni kimga aytaman? SUDYAGAMI, PROKURORGAMI, ICHKI ISHLAR XODIMIGAMI?
🗞 Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik oldida hisobot berishi;
🗞 Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini jazolavchi emas “xalq yordamchisi”ga aylantirishmoqchi.
Uxlab qolmadimmi?🥴 Tan olishimiz kerak, Adolat o‘z nomi bilan adolat borasida xalqimiz kutayotgan muammolarni tanlaganligi rost. Qizillar ham targ‘ibot borasida peshqadam. Sarflangan mablag‘lariga u qadar ishonch hosil qilmadim (kattaroq summa 😅)
  •      O‘zbekiston ekologik partiyasi – yashillar – biram kamtar, biram kamsuqim bu partiya umumiy gaplardan nariga o‘ta olmadi. Axir Navoiy shahri, Zarafshon, Uchquduq, Tomdi, Konimex tumanlari ekologik muammolarga boy hudud, biz uchun ekologiya hayot-mamot. Qani siz bizga ekologik muammolarimizni qalashtirib, mana shu-shu masalalarni yechib beramiz, agar nomzodlarimiz Oliy Majlisga saylansa, deb bong o‘ring. Qani qaysi navoiylik nomzodlaringizga ovoz bermas ekan? Eh, yashillar-yashillar!😭
       😔Brifingda eshitganlarimiz – jurnalistlarni to‘liq qanoatlantirdi deb ayta olmaymiz, lekin saylovoldi tadbirlar oldinda. Kurashga oz qoldi. Nomzodlaringizni eshitgach, albatta, yana o‘z “tashxis”imizni qo‘yamiz.
Sanjar QURBONOV, NY

Fikr bildiring

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив