IMMUNOPROFILAKTIKA 12 XIL YUQUMLI KASALLIKKA CHALINISHGA YO‘L QO‘YMAYDI

  • Mamlakatimizda 12 ta yuqumli kasalliklarga

SIL,

SHOL,

DIFTERIYA,

VIRUSLI GEPATIT B,

KO‘KYO‘TAL,

QOQSHOL,

QIZAMIQ,

PAROTIT,

QIZILCHA,

ROTAVIRUS,

XIB,

PNEVMOKOKK infeksiyalariga qarshi rejali emlash ishlari olib boriladi.

Viloyatda oxirgi 5 yil davomida milliy emlash jadvaliga asosan olib borilayotgan emlashlar qamrovi bo‘yicha yuqori darajaga erishildi. Boshqariluvchi infeksiyalar bo‘yicha epidemiologik holat tinchligi ta’minlandi. 12 ta boshqariluvchi infeksiyalarga qarshi profilaktik emlash qamrovi 98-99 foizni tashkil qilmoqda.

  •  Olib borilayotgan immunizatsiya ishlari natijasida viloyatda qoqshol, bo‘g‘ma, poliomielit kabi kasalliklar ro‘yxatga olinmayapti.

   Joriy yilda viloyatda boshqariladigan yuqumli kasalliklarga qarshi bolalarni profilaktik emlash uchun Respublika DSENMidan markazlashtirilgan holda 11 turdagi vaksinalar olinib, bugungi kunda tug‘ruq kompleksida tug‘ilgan bolalarni virusli gepatit Bga qarshi emlash 99,3 foizni, silga qarshi emlash ishlari 98,9 foizni tashkil etmoqda. Davolash-profilaktika muassasalarida 2 yoshgacha bolalarni pentavalent vaksinasiga emlash 99,1 foizni, qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi emlash 98,9 foizni, difteriya-qoqshol-ko‘kyo‘talga qarshi emlash 99,0 foizni, qamrab oladi.

Bundan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalaridagi 1 va 9-sinf bolalarni difteriya-qoqsholga qarshi emlash ishlari reja asosida har yilning sentabr va mart oylarida tashkil qilinib, emlash ishlari 99,9 foizga bajarilib kelinmoqda. Viloyat aholisi o‘rtasida virusli gepatit kasalliklarini, xususan virusli gepatitning A turini oldini olish, kamaytirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, uyushgan jamoalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida yuvuvchi va zararsizlantiruvchi vositalar bilan ta’minlanganlik holati, qo‘l yuvish vositalarning mavjudligi hamda ishchi holatda ekanligi ustidan nazorat kuchaytirilgan. Bu borada aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktabgacha ta’lim va xalq ta’limining hududiy bo‘limlariga doimiy ravishda ma’lumot kiritilmoqda.


    Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida18 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lganjami — 5798 nafar bolalarga virusli gepatit "A" kasalligiga qarshi profilaktik emlash ishlari o‘tkazildi. Viloyat hokimligining amaliy yordami bilan 198 mln so‘m mablag‘ evaziga1164 nafar 14 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini virusli gepatit A kasalligiga qarshi profilaktik emlash ishlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, Navbahor tuman hokimligi 22 million so‘m mablag‘ evaziga 132 nafar, Karmana tuman 34 million so‘mga 200 nafar, Tomdi tuman 34 million so‘mga 200 nafar, Nurota tuman 2 million so‘m mablag‘ evaziga 13 nafar, Zarafshon shahri 12 million so‘mga 74 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari virusli gepatit A kasalligiga qarshi profilaktik emlash uchun tuman mahalliy byudjetining erkin qoldiq hisobidan mablag‘ ajratilib, jami 619 nafar bolalar emlandi.

    Immunizatsiya amaliyotida vaktsinalarni saqlash va transpotirovkasi katta ahamiyatga ega. Respublika DSENMi tomonidan berilayotgan vaksinalar va emlash materiallari 10 ta shahar va tuman DSENMlarida saqlanadi. YUNISEFning gumanitar yordami orqali viloyatga jami summasi 192 million 774 ming so‘mdagi sovutgich, muzlatgich va stabilizatorlar bilan jihozlandi.

    2017-yilda GAVI proektiga asosan asosiy tadbirlar omborxonalarning qurilishiga, jumladan viloyat DSENM omborxonasi qayta qurildi. Vaksinalarni belgilangan haroratda doimiy saqlash uchun YUNISEF tashkiloti tomonidan gumanitar yordam orqali jami summasi 196 million 683 ming bo‘lgan sovuqlik xonasi o‘rnatildi. Vaksina saqlash omborxonalarining qurilishi shahar va tuman DSENMlarda ham davom etmoqda. Jumladan, Navbahor va Tomdi tuman DSENM omborxonalarida yangidan qurib bitkazildi.

    Immunoprofilaktikada asosiy muammolardan biri xavfsiz inyeksiya amaliyotidir.2016-yildan beri Respublikada bolalarni emlashda va vaksinalarni eritishda ishlatiladigan 2 va 5 ml. bir marotabalik shprislar va ishlatilgan shprislarni utilizatsiyasi uchun xavfsiz qutichalarni sotib olish markazlashtirilgan.

    Xavfsiz immunizatsiya ishlarini amalga oshirish uchun vaksinator va ularning dublyorlariga sog‘liqni saqlash boshqarmasining buyrug‘i asosida o‘qitilib,emlash ishlari bilan shug‘ullanish uchun sertifikatlarberib boriladi.

Berilgan ma’lumotlar umumiyik kasb etsa-da, kelgusida infeksiyalariga qarshi rejali emlash borasida ota-onalarni qiziqtiruvchi savollarga mutaxassislar orqali javoblar berib borishni tashkil etamiz. Bizni kuzatib boring.

Sanjar QURBONOV, NY

Fikr bildiring

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив